Jamiyat | 11:21 / 14.06.2016
15433
1 daqiqa o‘qiladi

Klichko jurnalistning turmush o‘rtog‘i haqidagi savoliga javoban uni o‘pib qo‘ydi

Kiyev meri Vitaliy Klichko 1+1 telekanaliga intervyu berdi. Intervyu davomida jurnalist ayol undan oilasi haqida so‘radi. 

Bunga javoban u "oilamga oid shaxsiy savollarga kelsak, men oilaviy hayotga bag‘ishlangan alohida bir ko‘rsatuvda bajonidil ishtirok etardim" dedi. 

Shundan so‘ng jurnalist Kiyev meridan turmush o‘rtog‘ining Germaniyada chiqargan plastinkasini eshitgan yo eshitmaganligini so‘rab murojaat qildi. Bu savolga javoban Klichko jurnalist ayolga bo‘sa hadya etdi.

"Sizni bo‘sa hadya qilsam bo‘ladimi? Men astoydil shuni istayapman", - dedi u. 

Klichko jurnalist ayolni o‘pib qo‘yib, savolga javob bermay ketdi.