Light | 13:51 / 15.06.2016
38947
3 daqiqa o‘qiladi

Olimlar bug‘doy donining o‘lim xavfi bo‘lgan kasalliklarni davolovchi xususiyatini aniqlashdi

Olimlar kun davomida ma'lum miqdorda bug‘doy doni yoki bug‘doy noni - kepak nonini iste'mol qilish insondagi o‘lim xavfi bo‘lgan kasalliklarni davolashi mumkinligini aniqlashdi. Britaniya shifokorlari tomonidan o‘rganib chiqilgan ushbu fakt The BMJ jurnali va EurekAlert nashrida qisqacha ma'lum qilingan.

Butun bug‘doy doni, shuningdek, bug‘doy, jo‘xori, javdar kabi boshqa don mahsulotlarini kuniga 90 gramm miqdorida iste'mol qilib turish, yurak-qon tomir kasalliklari va  yurak ishimiyasi(19 foizga), insult(14 foizga), saraton kasalligi (15 foizga), qandli diabet (26 foizga) va nafas olish kasalliklarining (22 foizga ) o‘lim bilan bog‘liq bo‘lgan xavfini kamaytirishda va davolashda yordam beradi.

Buning uchun yuqoridagi kasallik bilan og‘rigan bemorlar kun davomida ikki porsiyadan don mahsulotlarini iste'mol qilib turishi lozim.

Bunda 32 gramm bug‘doy donalari 60 gramm miqdorida bug‘doy uni yoki kepakli non miqdoriga teng bo‘ladi. Kuniga 7,5 porsiya (225 gramm) muntazam ravishda iste'mol qilib turish esa ushbu kasalliklarga chalinish xavfini kamaytiradi. Yuqorida ko‘rsatilgan miqdordan ortiq don mahsulotlarini iste'mol qilish yanada ijobiy ta'sir ko‘rsatish mumkinligini olimlar istisno etmaydi. Donning kasallik va o‘lim xavfini kamaytiruvchi foydali mahsulot ekanligini olimlar o‘z tadqiqotlari davomida 45 ta tahliliy-analiz o‘tkazish orqali aniqlashgan.

Shifokorlar yurak ishimiyasini keltirib chiqaruvchi yetti ming holatni o‘rganib chiqib, ikki mingga yaqini –insult, 26 mingga yaqini — yurak-qon tomir kasaliklari, 34 ming-saraton kasalliklari bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkinligiga amin bo‘lishgan.

Tadqiqotlarga ko‘ra ushbu kasalliklarga chalingan har 700 mingga yaqin insonning yuz mingga yaqini hayotdan ko‘z yumadi.

Shunday qilib nonushtada olimlar tomonidan bug‘doy donini butun holida yoki non shaklida iste'mol qilish tavsiya etiladi.