Jahon | 08:47 / 15.06.2016
27242
3 daqiqa o‘qiladi

Orlandodagi fojia jabrdiydasi terrorchi otishmani nima uchun sodir etgani sabablarini ma'lum qildi

Afg‘onistonlik muhojirlar farzandi, Orlandodagi tungi klubda 49 kishini otib o‘ldirgan Omar Matin 911 qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib,  hujumni "AQSh uning davlatini bombardimon qilishni to‘xtatishi" uchun uyushtirganini aytgan. Bu haqda voqea guvohiga iqtibos keltirgan holda The Washington Post nashri xabar bermoqda.

Klubning hojatxonasida do‘stlari bilan Matin tomonidan garovda ushlab turilgan 20 yoshli Peyshens Karter Matinning 911 xizmati bilan suhbatlashayotganini aniq eshitganini ma'lum qilgan. Matin qaysi davlat bombardimon qilinishi to‘xtatilishi kerakligini nazarda tutgani noma'lum.

Qizning aytishicha, Matin arab tilida so‘zlashgan va IShID terrorchilik guruhiga sodiqlikka qasamyod keltirgan. Matin garovda bo‘lganlardan ular orasida afroamerikaliklar bor-yo‘qligini so‘ragan. Ulardan biri tasdiq javobini berganda, Matin "qora tanlilarga nisbatan hech qanday husumati yo‘qligini" aytgan. "Gap mening davlatim haqida ketmoqda. Sizlar shundoq ham ko‘p aziyat chekkansiz", deb aytgan terrorchi.

The Washington Post’ning ma'lum qilishicha, Matin qutqaruv xizmatidan tashqari, Floridadagi yana bir tanishiga qo‘ng‘iroq qilgan. Suhbat mazmuni oshkor qilinmagan.

14 iyunda Matinning rafiqasi Nur Zaxi Salmon uning turmush o‘rtog‘i qandaydir jinoyatga tayyorlanayotganini ko‘ngli sezgan va uni bundan qaytarishga harakat qilgan. Shu kuni avvalroq Salmon uning eri Orlandodagi Walt Disney World ko‘ngilochar bog‘iga xujum uyushtirmoqchi bo‘lgani haqida ma'lum qilgan. Ayolning aytishicha, Matin o‘tgan yili aprelda Disney Springs bog‘iga borishganda, u yerni ko‘zdan kechirib chiqqan.

12 iyunga o‘tar kechasi Matin miltiq va to‘pponcha bilan qurollangan holda Pulse tungi klubiga hujum qilib, u yerda bir necha odamlarni garovga olgan. 3 soatlik qarshilikdan keyin politsiya uni bartaraf etgan. Terrorchining hujumi oqibatida 49 kishi halok bo‘lgan, 53 kishi yaralangan.