Jamiyat | 17:09 / 16.06.2016
15902
1 daqiqa o‘qiladi

Hazilning tagi zil bo‘ldi: Britaniyalik erkak rafiqasining yuzini bolalar kukuniga bejamoqchi bo‘lgandi...

Quritgich ichini bolalar kukuni bilan to‘yintirgan Britaniyalik erkak rafiqasi bilan hazillashmoqchi bo‘ldi. Ammo xazil “zil”ga aylanib, oqibati fojiali yakun topdi, deya xabar beradi  Daily Mail nashri. 

Ayol sochini qurita boshlagach, quritgich yonib ketdi. Bu jarayonni kuzatib, suratga olayotgan erkak esa qo‘rqib ketganidan videokamerani o‘chiradi.  
Hozircha, ushbu fojiali hodisaning yakuni haqida hech qanday ma'lumot yo‘q.