Fan-texnika | 22:52 / 21.06.2016
6896
2 daqiqa o‘qiladi

iPhone uchun almashinuvchi obektivli g‘ilof

So‘nggi yillarda ko‘plab foydalanuvchilar qulay fotoapparatlardan ko‘ra, smartfon kameralarini afzal qo‘rishmoqda. Biroq mobil qurilmalarning obektivlarida ishlab chiqaruvchilar butunlay bartaraf etmagan  bir qancha kamchiliklari bor. Ular orasidagi birinchi kamchilik sifatli optik yaqinlashuvning yo‘qligidir. 

OOWA mahsuloti esa bu kamchilikni to‘ldirish maqsadida yaratilgan.  Bu asbob  iPhone 6, iPhone 6 Plus, iPhone 6s yoki iPhone 6s Plus smartfonlari uchun mo‘ljallangan himoya g‘ilofi kabi ko‘rinishga ega. Unga almashinuvchi obektivlar ulanishi mumkin: keng burchakli poynak, yakun bilan ta'minlovchi EFR 15 mm va EFR 75 mmli telepoynak. Ishlab chiqaruvchilarning ta'kidlashicha, teleobektivning geometrik burilishi 1.5 foizdan, keng burchakli obektivniki — 1 foizdan oshmaydi. Uning ajralib turuvchi jihati linzalar bo‘lib, ular suratlarni "teshik"larsiz oladi va to‘g‘ri geometriya orqali parallel chiziqlar suratlarda paralleligicha qoladi.  Kickstarter'da  to‘plam, ikki obektiv, ikki qorishma va saqlash uchun qopdan iborat OOWA to‘plami 139 dollarga aylanadi.