Jamiyat | 10:35 / 22.06.2016
9108
2 daqiqa o‘qiladi

Aktrisa Salma Xayyek "lotinamerikalik" Trampni namoyish etdi

Aktrisa Salma Xayyek Instragramdagi sahifasida maxsus ilova yordamida yuzini AQSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasidan nomzod Tramp yuziga almashtirgan videoni joylashtirdi. 

Shu bilan Hollivud yulduzi milliarder lotinamerikalik bo‘lganda qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkinligini namoyish etgan. 

Lotinamerikalik Tramp qiyofasida bo‘lgan Xayyek, «bilmayman, u nima uchun noliyveradi. Balki unga, mening lotinamerikacha genlarim yetishmayotgandir», — deya hazil-mutoyiba ham qilgan. 

Ma'lumki, Tramp muhojirlik oqimini jiddiy nazorat qilish uchun Meksika bilan chegaralarga devor barpo etish g‘oyasini ilgari suradi. AQShning ko‘plab aholisi uning bu g‘oyasiga salbiy qarashda. 

Shuning barobarida, Tramp AQShdagi lotinamerikaliklar uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ta'kidlab keladi. Aslida, Amerikadagi ko‘plab lotinamerikalik mashhur kishilar Trampning nomzodi va harakatlarini tanqid qilishadi. 

Bundan avval, Tramp AQShda istiqomat qiladigan barcha musulmonlar haqida ma'lumot to‘plashga ko‘rsatma bergani haqida xabar qilingan edi.