Sport | 23:16 / 22.06.2016
6553
1 daqiqa o‘qiladi

Yevro-2016. Islandiya Avstriyani yengdi va pley-offga chiqdi

Yevropa chempionatining navbatdagi issiq sensatsiyasi sodir bo‘ldi. F guruhida qolib ketishi kutilgan Islandiya terma jamoasi oxirigi turda Avstriyani mag‘lub etdi va guruhda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Endi vulqonlar o‘lkasi yigitlari 1/8 finalda Angliyaga qarshi maydonga chiqishadi.

Yevro-2016. "F" guruhi.
Islandiya –  Avstriya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar:
1:0 – 18 Bedvarsson, 1:1 – 60 Shopf, 2:1 – 90 Traustason.
Islandiya: Xaldersson, Sigurdsson, Skulason, Sevarsson, Arnason, Gudmundsson (Ingason, 86), Gunnarsson, Sigurdsson, Byarnason, Bedvarsson (Byarnason, 71), Sigtorsson (Traustason, 80).
Avstriya: Almer, Klyayn, Xinteregger, Predl (Shopf, 46), Alaba, Arnautovich, Ilzanker (Yanko, 46), Dragovich, Zabittser (Yancher, 78), Fuks, Baumgartlinger.
Ogohlantirishlar: Skulason (36), Sigtorsson (51), Yanko (70), Arnason (78), Xaldersson (82).