Sport | 10:14 / 23.06.2016
8533
2 daqiqa o‘qiladi

Amerika Kubogi. Chili Kolumbiyani yengib, finalga chiqdi

Amerika kubogida finalga chiqqan ikkinchi jamoaning nomi aniqlandi. Yarim finalda Kolumbiyaga qarshi bahs olib borgan Chili terma jamoasi, raqibini ishonchli tarzda mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi

Chililiklar o‘yin boshidayoq raqib darvozasiga ikkita to‘p yo‘llashga muvaffaq bo‘lishdi. 7-daqiqada Arangis, oradan 4 daqiqa o‘tib Fuensalida Kolumbiya darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lishdi. 

Birinchi bo‘limdan keyin kuchli yomg‘ir bahs to‘xtatilgandi. Majburiy tanaffus bir soatdan oshiqroq davom etdi. Ikkinchi bo‘limda Xames Rodriges jamoadoshlari raqib darvozasiga yo‘l topa olishmadi. Boz ustiga, 57-daqiqada kolumbiyalik Karlos Sanches ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.

Shu tariqa, Chili terma jamoasi Kopa Amerika finaliga chiqdi va bosh sovrin uchun Argentinaga qarshi bahs olib boradi. O‘tgan yilgi Amerika kubogi finalda ham mazkur ikki jamoa to‘qnash kelishgandi va penaltilar seriyasida omad Chiliga kulib boqqandi. Ushbu jamoalarning bu galgi turnir guruh bosqichidagi to‘qnashuvida Messi jamoadoshlari 2:1 hisobida ustun kelishdi. Final o‘yini 26 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. 

Amerika kubogi, yarim final
Kolumbiya – Chili - 0:2
(0:2)
Gollar: 0:1 – 7 Arangis, 0:2 – 11 Fuensalida. 
Kolumbiya – Ospina, Sapata, Fabra (Peres, 73), Aryas, Murilo, Sanches, Torres, Xames, Kuadrado (Bakka, 80), Kardona (Moreno, 46), Martines.
Chili – Bravo, Isla, Bosejur, Xara, Vargas, Arangis, Fuensalida (Puch, 75), Ernandes (Pulgar, 30), Sanches, Medel, Silva.
Ogohlantirishlar: Bravo (39), Sanches (41), Sanches (45), Bosejur (65), Puch (78), Silva (85).
Chetlatish: Sanches (57).