Fan-texnika | 13:33 / 23.06.2016
6115
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi bir millik eng qop-qora soat 95 ming dollarga baholandi

MCT soat manufakturasi S-110 Evo Venta Black modelini chiqardi. Ushbu model bir milli bo‘lib, uning tusini qop-qora etib ko‘rsatadigan Vantablack tarkibi bilan qoplangan. Soat 95 ming dollar deya baholangan va 10 dona chiqarilishi ma'lum qilingan. Bu haqda Luxurylaunches xabar bermoqda.

Model vaqtni aniqlashda bir dona mil va to‘rt dona mini-ekrandan foydalanadi. Mini-ekranlar xuddi ko‘chalardagi reklama bannerlari singari harakatlanib, vaqtni ko‘rsatib turadi. Modelning mexanizmi 471 detaldan tashqil topgan bo‘lib, zaxira harakati 40 soatgacha.

Shu o‘rinda modelni qora tusli etib ko‘rsatib turuvchi Vantablack haqida to‘xtalib o‘tsak. Vantablack — uglerodli nanopachalardan tashkil topgan modda bo‘lib, ishlatilgan buyum tusini qora ranga keltiradi. Uning nomi inglizcha Vertically Aligned NanoTube Arrays («Ko‘plab nanoparchalarning vertikal joylashuvi») va black («qora») so‘zlarining abbreviaturasidan tashkil topgan.

MCT (Manufacture Contemporaine du Temps) — 2007 yilda Shveytsariyada, Deni Gige tomonidan asos solingan soat ishlab chiqaruvchi manufakturadir.