Jamiyat | 20:14 / 23.06.2016
7523
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoylik erkak sevgi haqi 222 km masofani 45 soatda bosib o‘tdi
Xitoylik 35 yashar erkak sevgi haqi Pekindagi avtoyo‘lni 45 soat ichida bosib o‘tdi, deb xabar bermoqda Mashable.
Xitoylik o‘z marafonini “Ishonch va u uchun” deya nomladi. Yugurish jarayonida u mahalliy muxbirlarga hozir yolg‘iz ekanligini, shu sabab muhabbatini topish istagi borligini ma'lum qilgan.
Start oldi u o‘zining ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida “O‘z sevgan ishingizni qiling va ana shunda muhabbatingizni uchratasiz”, deb yozib qoldirdi.
U yugurish mobaynida bor yo‘g‘i uch soatgina hordiq chiqardi. Ayrim sportchilar unga dalda bo‘lish maqsadida hamroh bo‘lishdi.