Jamiyat | 08:12 / 23.06.2016
16790
1 daqiqa o‘qiladi

Sanitar zerikishdan 33 bemorni o‘ldirganini tan oldi

22 iyunda germaniyalik sobiq sanitar, 2015 yilda ikki bemorni o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan 39 yoshli Nils X. yana 33 ta qotillikda gumon qilinayotgani ma'lum bo‘ldi.

Oldenburg prokuraturasi ma'lumotlariga ko‘ra, tibbiy xodim Delmenxorstdagi shifoxonada ukol yordamida 33 kishini hayotdan mahrum qilgan. Bunday taxminlarga 99 ta eksgumatsiya qilingan jasadning tahlili natijalari asos bo‘ldi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Gumonlanuvchi uni bu jinoyatga undagan narsa zerikish bo‘lganini tan oldi.

Nils X. bunday qabihlikka qo‘l urgan yagona tibbiy xodim emas. Yaqinda ukrainalik shifokor Aleksandr Chernov yaralangan ayirmachilarni "dushman" deb hisoblagani uchun o‘ldirganini tan oldi. U "dushmanlarga" ularga belgilangan dorilar yordamida maksimal ziyon yetkazishga uringani haqida so‘zlab bergan.