O‘zbekiston | 18:56 / 24.06.2016
25815
1 daqiqa o‘qiladi
Islom Karimov va Putin Toshkentdagi Pushkin haykali poyiga gul qo‘yishdi
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Toshkentdagi Pushkin nomidagi xiyobonga tashrib buyurib, shoir haykali poyiga gul qo‘yishdi.
Davlat rahbarlari Aleksandr Pushkin haykalini ShHT sammiti yakunlangach ziyorat qilishgan.
Pushkinning bronzadan ishlangan haykali Toshkent shahrida 1974 yili, shoirning 175 yillik yubileyi munosabati bilan o‘rnatilgandi. Avvaliga haykaltarosh Mixail Anikushkin o‘z asarini Pushkin ko‘chasidai kichik xiyobonga o‘rnatgandi. 2015 yilda Pushkin yodgorligi restavratsiyadan so‘ng sobiq Teatr maydoniga ko‘chirilgan va mazkur maydon Pushkin xiyoboni nomi bilan atala boshlangan edi.
Foto: «Gazeta.uz»