Light | 15:31 / 25.06.2016
23011
3 daqiqa o‘qiladi

Shotlandiyaning ajoyib manzaralari

Har yili 24 iyunda Shotlandiyada milliy bayram— Mustaqillik kuni (Independence Day of Scotland) keng nishonlanadi. 1314 yil 24 iyunda Bannokberndagi jangda Shotlandiya qiroli Robert Bryus Angliya qiroli Eduard IIning armiyasini mag‘lub etib, mamlakati mustaqilligini tiklagan edi. 

Fikrimizcha, Shotlandiya dunyoning go‘zal tabiatga ega davlatlaridan biridir. Qadimgi yodgorliklar, maftunkor tiniq suvli ko‘llar va o‘rmonlar...

Quyidagi suratlarni tomosha qilib, o‘zingiz xulosa qilishingiz mumkin:

1. Melrouz abbatligi— Shotlandiyadagi eng qadimgi ibodatxonalardan biri. Tsistersian ibodatxonasi 1500-yillarda vayrona aylantirilgan

2. Fayf viloyatidagi Ist-Nyuk baliqchilik qishlog‘idagi bandargoh

3. Skay — Ichki Gebridlar arxipelagida joylashgan, o‘zining mashhur yashiltusli tepaliklari va ulkan tog‘lari bilan tanilgan orol 

4. Avliyo Andrey sobori vayronasining tong vaqtida ko‘rinishi

5. Trossaks qo‘riqxonasida sayr qilib yurgan mitti-sigir

6. Dannottar qasri - Shotlandiyaning Aberdinshir viloyatidagi o‘rta asrlarga oid vayrona qal'a  

7. Qirollik milyasi - Edinburg markazidagi eng mashhur ko‘cha

8. Volinkada o‘ynayotgan musiqachilar Edinburg aholisi uchun oddiy holat

9. Qasrli cho‘qqining ustida barpo etilgan Edinburg qasri Xolirud bog‘idan ajoyib ko‘rinadi

10. XVIII asr o‘rtalarida Edinburgda, aholining zich joylashuviga oid muammoni hal etgan yangi shahar barpo etilgandi 

11. Shotlandiya janubidagi Lokerbi shahrida tepaligi ostonasida joylashgan yagona uy

12. Glazgodan shimolda joylashgan Lox-Eyv ko‘li yaqinidagi vayronaga aylangan Kilxurn qasri 15- va 17-asrlarga oid

13. Angusdagi Glemis qasri, ona-qirolicha Yelizaveta Bouz-Layon xonimning uyi bo‘lgan

14. Shetland mitti otlari-ponilar Shotlandiyaning o‘ziga xos tashrif qog‘ozlari

15. Glazgodagi Clyde Arc Bridge ko‘prigi

16. Old Course Sent-Endryusning dunyodagi eng yaxshi golf maydonlaridan biri

17. Ajoyib Lox-Ness - afsonaviy "lox-ness maxluqi"ning boshpanasi

18. Lox-Ness ko‘li sohilida Arkart qasri vayronalarini uchratish mumkin

19. Volinka orkestri va barabanchilarning Tog‘ o‘yinlaridagi musobaqasi

20. Shotlandiya janubi-g‘arbiga borsangiz, ayrim daraxtlarning Lox-lomond ko‘lida o‘sayotganiga guvoh bo‘lashingiz mumkin

21. Fayf viloyatida dengiz suvi ortga chekinganda, Ist-Nyukning toshli qirg‘oqlarini ko‘rsa bo‘ladi

22. Ben-Nevis esa umuman Britaniya orollarining eng yuqori nuqtasi hisoblanadi

23. Skara-Brey Yevropaning yangi tosh asriga oid eng yaxshi saqlangan qo‘rg‘onlaridan biridir