Sport | 08:52 / 26.06.2016
6095
2 daqiqa o‘qiladi

Amerika Kubogi: Kolumbiya AQShni yengib, bronza medallarga ega bo‘ldi

Amerika kubogi-2016 musobaqasining 3-o‘rni uchun bahsda Kolumbiya terma jamoasi mezbon jamoa AQShga qarshi maydonga tushdi.

O‘yinda kolumbiyaliklar Karlos Bakkaning 31-daqiqada urgan yagona gol evaziga kichik hisobda g‘alaba qildi.

O‘yinga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda futbolchilar o‘rtasida nizo kelib chiqdi va ikki futbolchi maydondan chetlatildi. Amerikaliklar safida Maykl Orosko, kolumbiyaliklardan esa Santyago Aryas boshqalardan ko‘ra ertaroq o‘yinni tugatdi.

Endi Kolumbiya turnirning bronza medallariga ega chiqdi.

Final bahsi Toshkent vaqti bilan 27 iyun kuni tongida Argentina va Chili o‘rtasida kechadi.

Amerika kubogi-2016
3-o‘rin uchun uchrashuv
AQSh – Kolumbiya 0:1
(0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 31 Bakka.
AQSh – Xovard, Orosko, Bezler, Yyedlin, Kemeron, Jons, Bredli (Nagbe, 79), Bedoyya (Pulishich, 74), Vud, Dempsi, Zardes.
Kolumbiya – Ospina, Sapata, Fabra, Aryas, Murilo, Selis (Medina, 87), Torres, Xames, Kuadrado (Moreno, 74), Kardona, Bakka (Martines, 79).
Ogohlantirishlar: Murilo (13), Bezler (22), Jons (41), Kuadrado (73), Orosko (87), Aryas (90).
Chetlatish: Orosko (90), Aryas (90).