Jamiyat | 18:39 / 27.06.2016
22574
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoylik bola 6 kun to‘xtovsiz videoo‘yin o‘ynab, oyoqlaridan ajralishiga bir baxya qoldi
Xitoy huquq - tartibot organlari Xanchjou ismli 19 yoshli yigitni temiryo‘lda hushsiz holatda topishdi, buning sababi u 6 kun davomida internet-kafeda to‘xtovsiz videoo‘yin o‘ynagan. Bu haqida Daily Mail xabar qildi.
Chen 6 kun joyidan jilmay, internet-kafeda onlayn o‘yin o‘ynagan. O‘zining barcha pullarini shu yerda sarflagan. Chen o‘z "marafoni"ning so‘nggi uch kuni davomida na ovqat yegan va na biror narsa ichgan. Politsiya xodimlari o‘smirning oyog‘ini chivinlar chaqib tashlagani, buning natijasida oyoqlari qonab, yiringlab ketganini aytishdi.
Xanchjouning otasi o‘g‘li videoo‘yinlarga mukkasidan ketganidan keyin uni dom-daraksiz yo‘qolgan deb hisoblardi.
Mavzuga oid
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
09:00 / 23.10.2024
Toshkentdan Xanchjouga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
14:48 / 17.10.2024
Bolalikda videoo‘yin o‘ynaganlar ulg‘ayganda ko‘proq daromad topadi - tadqiqot
09:40 / 13.09.2023