Fan-texnika | 16:54 / 27.06.2016
6364
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar mukammal plastik shisha yaratishdi

Ohayo shtatidagi universitet muhandislari plastik shishalarni yaratishning yangi texnologiyasini patentlashdi. Bu plastik shishalarning ichki yuzasi uning ichidagi suyuqlikka (masalan, sovun, shampun yoki idish yuvish vositasi) so‘nggi tomchisigacha bemalol tushish imkonini beradi. Reliz EurekAlert! saytida chop etilgan. 

Polipropilen shishalarning ichki yuzasi u-shakldagi mikroskopik tuzilmalar bilan qoplangan bo‘lib, ular mikroskopik havo cho‘ntaklari yaratishadi, buning natijasida sovun tomchilari hech qachon shisha sathiga tegmaydi. Tuzilmalar kremniy va kvarsdan yasalgan nanoparchalar yordamida yaratiladi. 

Bunday plastik shishalar avval oziq-ovqat mahsulotlari uchun yaratilgan edi, biroq idish yuvish vositalari uchun emas.

Mikroskopik tuzilmalar shisha devorlarida tomchilar hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Buning o‘rniga pufakchalar paydo bo‘lib, ular shisha og‘zidan osonlikcha o‘tib ketadi.