Sog‘lom sochlarga erishish uchun amal qilish kerak bo‘lgan 15 fakt
“Go‘zallik dunyoni qutqaradi” degan naql bor. Darhaqiqat, haqiqiy ayol istalgan vaziyatda ham jozibador va maftunkor ko‘rinishda bo‘lmog‘i kerak. Buning uchun ayolning chiroyli yoki oddiy turmaklangan, xushbo‘y hid taralib turuvchi sog‘lom sochlari muhim rol o‘ynaydi.
Xato № 1. Soch yuvish vositalarining noto‘g‘ri tanlovi
Sochlar parvarishida avvalambor soch yuvish vositasi-shampunning to‘g‘ri tanlovi muhim ahamiyatga ega. Aks holda noto‘g‘ri tanlangan shampun sochlarning salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Xato № 2. Sochlarning juda qisqa yoki uzoq vaqtda yuvilishi
Yuvish tartibi sochlarning turi va suvning yaroqlilik darajasiga qarab amalga oshiriladi.
Agar sizning sochlaringiz o‘ta yog‘li bo‘lsa, unda har 1-2 kunda ularni yuvib turish tavsiya etiladi.
Xato № 3. Soch yuvish vositasidan noto‘g‘ri tarzda foydalanish
Sochni yuvishdan avval uni yaxshilab tarash kerak. Foydalanilayotgan shampun miqdori sochlarning uzun yoki kaltaligiga qarab taqsimlanadi. Shampundan haddan ortiq miqdorda foydalanish mumkin emas. Yaxshisi sochlaringiz qalinligiga qarab, aniq bir me'yoriy taqsimni belgilab oling.
Avvaliga shampunni ho‘l sochlarga surtib, so‘ng uqalash orqali ko‘pirtiring. Hosil bo‘lgan ko‘pikni sochlaringiz ildiziga surting. Uqalash jarayoni tirnoqlar emas, barmoqlar orqali amalga oshirilishi lozim. Tirnoqlar bilan qashlash oqibaida bosh terisiga shikast yetkazib qo‘yish hech gap emas.
Vaqti-vaqti bilan ildizlarini uqalab turish esa sochlarning salomatligiga va bosh terisi ostidagi qon aylanish sistemasining yaxshilanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Xato № 4. Mayinlashtirish va oziqlantirish haqida unutib qo‘yamiz
Sochlar namlikni tez fursatda yo‘qotadi. Shu bois namlantiruvchi “balzam” va “maska”dan tez-tez foydalanib turish yaxshi natija ko‘rsatadi.
Balzamdan sochga surtilgan shampun yuvib bo‘linganidan so‘ng yoki shampun bilan birga bir vaqtning o‘zida foydalaniladi. Balzamni sochning uzunligi bo‘ylab surtish kerak. Sochlar ildiziga surtish esa bevosita uning to‘kilishiga olib keladi. Soch niqobidan hafta davomida bir marotaa foydalanish mumkin.
Xato № 5. Suv haroratidan noto‘g‘ri ravishda foydalanish
Ko‘plab ayollar sochlarini me'yoridan ortiq qaynoq suvda yuvib, qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yadi. Sochlarning qaynoq suvda yuvilishi uning xira ko‘rinish hosil qilib, bosh terisidagi yog‘ bezlarining faollashuviga sababchi bo‘ladi.
Odatda sochlar iliq yoki bir oz balandroq haroratdagi iliq suvda yuviladi. Bunday haroratdagi suv bilan sochni yuvish uning oson toza bo‘lib, bosh terisidagi qon aylanish sistemasi faoliyatining yaxshilanishini ta'minlaydi. Ushbu jarayon qo‘llangach, ta'bga ko‘ra salqin va sovuq dushda yuvish, sochlar ildizining mustahkamlanishi, unga yaltiroq jilo berishiga ko‘maklashadi.
Xato № 6. Ho‘l sochlarni sochiq yordamida quritish
Yuvilgan sochlar ildizidan boshlab uchigacha yaxshilab quritiladi. Ammo sochiq bilan salla tarzida o‘rab qo‘yish tavsiya etilmaydi. Chunki bu usul sochlar folikulalarining zararlanishiga olib keladi. Agar sochlaringiz tezroq qurishini istasangiz, shunchaki paxtali futbolkadan foydalanish kifoya.
Xato № 7. Tez-tez va qo‘pol ravishda tarash...
Bu xato bilan sochlaringizning mo‘rtlashuvi va to‘kilishiga sababchi bo‘lib qolasiz. Ayniqsa, sochlaringizni yuvib bo‘lgach, shu zahotiyoq uni tarashga urinmang. Bunday paytda katta tishli taroq sizga asqatadi. Sochlarni uzunligi bo‘ylab, pastdan tepaga qarab tarash tavsiya etiladi.
Xato № 8. Jingalak shakl berish vositalaridan tez-tez foydalanib turish
Quritgich, dazmol va shu kabi boshqa vositalar sochdagi namlikni bug‘ tarzida chiqarib, natijada quruq va sinuvchan holatga tushirib qo‘yadi. Agar ushbu vositalaridan doimiy ravishda foydalanib turishni istasangiz, issiqlik ta'siridan himoya qiluvchi sprey va gellarni sochlarning uzunligi bo‘ylab sepish yoki surtishingiz lozim.
Ushbu vositalar hatto shakl berish davomida ham sochning quruq va sinuvchan holatiga tushib qolishidan himoya qiladi.
Xato № 9. Soch quritgich (fen)dan noto‘g‘ri foydalanish
Avval sochlar sochiqlar, so‘ng esa fen yoramida uchidan to soch ildizlariga qadar quritiladi. Bu usul sochlarning to‘kilmasligi uchun yaxshi samara beradi. Fendan belgilangan oxirgi baland darajadagi haroratgacha foydalanib ishlatish mumkin. Ammo sochlarning qurib, kuyish holatiga yetmasligi uchun bir oz pastroq haroratda quritish tavsiya etiladi. Ushbu jarayonni sovuq harorat bilan yakunlaysiz.
Xato № 10. Noto‘g‘ri oziqlantirish
Ovqatlanish ratsionaliga amal qilmaslik oqibatida organizmda vitaminlar yetishmasligi yuzaga keladi. Bu esa bevosita sochlarning ko‘rinishi va salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Shu bois siz kundalik ovqatingizda oqsillarning qay darajada mavjud ekanligiga ahamiyat qaratishingiz lozim. Masalan, taomnomangizda tuxum, gulkaram, jo‘xori, avakado, olivkalarni uchratish mumkin bo‘lgan taomlarning bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, yeyayotgan taomingizda kaltsiy va temir moddalarining bo‘lishiga ahamiyat qarating. Bu moddalar don mahsulotlari, shuningdek, baliq, parranda go‘shti, jigar, bug‘doy, grechka va yonqoq tarkibida uchraydi.
Xato № 11. Sog‘ligimiz haqida qayg‘urmaymiz...
Sochlarning to‘kilishi va siyraklashuvi oshqozon ichak kasalliklari, stress, diabet va garmonal o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu borada yaxshisi maxsus mutaxassisga uchrab, ularning kerakli maslahatlariga amal qilgan ma'qul.
Xato № 12. Bosh kiyimlar haqida unutib qo‘yamiz
Kepka yoki shlyapalar sochlarni quyoshdan, issiq shapkalar esa sovuqdan himoya qiladi. Sauna uchun foydalaniladigan maxsus qalpoqlar esa sochlaringizni qaynoq bug‘ning zararli ta'sirlaridan himoya qiladi.
Xato № 13. Taroqlarni yuvib turish kerak
Taroqlarni hech bo‘lmaganda haftasiga bir marotaba yuvib turish shart. Shuningdek, eski taroqlarni yangisiga almashtirib turish ham foydadan holi emas.
Xato № 14. Kamdan kam hollarda sochlar kesamiz
Sochlarning gullagan uchlarini tez-tez kesib turish uning salomatligi va o‘sishi uchun foydalidir. O‘sish jarayonida esa hech bo‘lmaganda ikki oyda bir marotaba uchlarini tekislab turish foydalidir.
Xato № 15. Yoyilgan sochlar bilan uxlaymiz
Tongda uyqudan turganingizda to‘zib, paxmoq bo‘lib qolmasligi uchun yaxshisi sochlaringizni tunda o‘rib yotganingiz ma'qul. Shunda siz ko‘rinishingizni tez fursatda tartibga keltira olasiz.
foto:© Ivan Mateev/www.shutterstock.com