Internetda Istanbul aeroportidagi portlash videotasvirlari: 10 kishi nobud bo‘lgan, 60 kishi yaralangan
Internet tarmoqlarida 28 iyun kuni kechki payt ikkita bomba portlatilgan Istanbul shahri Otaturk xalqaro aeroportidan suratga olingan ilk tasvirlar paydo bo‘la boshladi.
Videotasvirlarning birida otishma ovozlari eshitiladi. Yo‘lovchilardan polga yotishni talab qilishgan.
Tarqalayotgan videolardan ma'lum bo‘lishicha, voqea joyida turk miliy xavfsizlik xizmati xodimlari navbatchilik qilmoqda. Otaturk xalqaro aeroportidan odamlarni ko‘chirilayotgani ham ko‘rinib turibdi.
Mamlakat adliya vaziri Bakir Bo‘zdog‘ning so‘zlariga ko‘ra, hodisa natijasida 10 kishi halok bo‘lgan. Vazirning aytishicha, terrorchilik harakatini amalga oshirgan tashkilot nomi ma'lum, biroq hali “qo‘shimcha tasdiqlar zarur”.
Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumoti bo‘yicha, portlash oqibatida jabr ko‘rganlar soni 60 nafarga yetdi, ulardan olti nafarining ahvoli og‘ir deb baholangan.
Turk hukumati bombalarni ikki nafar xudkush-terrorist harakatga keltirgani to‘g‘risida ma'lum qildi.
Ular avvaliga Kalashnikov avtomatlaridan o‘q uzishgan, keyin metall izlovchi moslama atrofida to‘rtta granatani portlatgan. Shundan so‘ng politsiya xodimlari bilan otishma boshlangan.
Hozirda Otaturk aeroporti yopib qo‘yilgan.
Istanbul aeroportida portlash va otishma sodir bo‘ldi
Otaturk aeroportidagi portlashni terrorchi-xudkush amalga oshirgan bo‘lishi mumkin
Istanbul Otaturk aeroportidagi portlashda kamida 10 kishi nobud bo‘lgan
Mavzuga oid
19:31 / 14.11.2024
Aeroportga ishga joylashtirish evaziga 1,5 ming dollar olgan xodim ushlandi
23:26 / 06.11.2024
Boshqirdistonda ko‘mir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketdi
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
07:37 / 26.10.2024