Jahon | 05:05 / 29.06.2016
16421
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbuldagi portlash: 31 kishi nobud bo‘ldi, 147 kishi jarohatlandi

Turkiya adliya vaziri Bakir Bo‘zdog‘ ma'lum qilgan ma'lumotga ko‘ra, Istanbul shahridagi Otaturk xalqaro aeroportida sodir etilgan terrorchilik hujumi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 31 nafar, jarohatlanganlar soni 147 nafar. Bu haqda Haberturk telekanali Twitter sahifasida xabar qildi.

“O‘ttiz bir kishi halok bo‘ldi, 147 kishi yaralangan”, - dedi vazir. 

Avvalroq Istanbul shahri gubernatori Vasip Shahin 28 nafar qurbon hamda 60 nafar yaralanganlar to‘g‘risida ma'lum qilgan edi. 

Assoshieyted Press axborot agentligining yuqori lavozimga ega mulozimning so‘zlariga asoslanib xabar qilishicha esa, voqea natijasida taxminan 50 nafar odam nobud bo‘lgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Istanbul aeroportidagi terrorchilik harakatini ikki nafar terrorchi granatalarni portlatish orqali sodir etgan. Keyinroq hukumat vakillari aeroportdagi hujumda kamida to‘rt kishi amalga oshirganini bildirdi.

Mavzuga oid