O‘zbekiston | 11:03 / 29.06.2016
14814
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistondagi yana bir zilzila Toshkentda sezildi

Qirg‘izistonda 29 iyun kuni 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epitsenri Toshkent shahridan 450 km, Andijon viloyatining Marhamat tumani markazidan 140 km, Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridan 390 km masofada, Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasi tutashgan hududda joylashdi. Chuqurligi - 17,2 km.

"Toshkent" seysmomarkazi ma'lumotiga ko‘ra, bugun, 29 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 02:38da O‘zbekiston poytaxtida yerosti silkinishlari sezildi.

O‘zbekiston FVV xabariga ko‘ra, Toshkentda qayd etilgan zilzila kuchi 2 ballni tashkil qilgan.

Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi ma'lumotiga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 3:57da ham Qirg‘iziston hududida 4,5 balli zilzila qayd etilgan. Bu zilzila O‘zbekiston hududida sezilgan-sezilmagani haqida ma'lumot yo‘q.

Toshkent va Farg‘ona vodiysi aholisi 26 iyun kuni ham Qirg‘iziston hududida sodir bo‘lgan 6,5 balli zilzila kuchini sezishgandi. O‘shanda Toshkentda 3, vodiy viloyatlarida esa 3,5 ballik yer osti silkinishi qayd etilgandi.