Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar Zika virusiga qarshi vaksinalar ishlab chiqishdi
AQSh va Braziliya olimlari xavfli Zika virusiga qarshi ikkita emlash vositasi ishlab chiqishdi. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, yangi vaksina hayvonlarda sinab ko‘rilganda, ijobiy samara bergani aniqlangan. Endilikda uni odamlarda sinab ko‘rish talab etiladi, deb yozmoqda Nature jurnali.
Emdorilardan biri Zika virusi Braziliya namunasining DNK negizida ishlab chiqilgan. Yana biri, Puerto-Rikadan keltirilgan hamda tozalangan va faolligi o‘ldirilgan virus asosida hosil qilingan. Ilmiy izlanishlarga Harvard Universiteti professori Den Barux rahbarlik qilgan.
Olimlar sinov ishlari chog‘ida, emlangan sichqonlarga Zika virusini 4 hafta davomida yuqtirishga harakat qilishgan. Alohida guruhlarga 8 haftagacha Zika virusi bilan tahdid qilingan. Biroq, hayvonlarning immuniteti virusga qarshilik ko‘rsata olgan.
E'tiborli jihati shundaki, sichqonlar qonidan antitelalar chiqarib yuborilganidan keyin ham, zararkunandalar Zikaga chalinmagan. Shunga qaramay, professor Barux xulosa qilishga erta ekanini aytmoqda. Chunki, bu vaksinalar insonlarda ham shunday samara berishi noma'lum.
Barux hamkasblari bilan birga shu yildayoq vaksinalarning insonlardagi sinovini boshlashni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi
21:38 / 27.05.2025