Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada haydovchisiz elektrobuslarning sinovi boshlandi
Shveytsariyada, elektrmotorli avtobuslarning sinovi boshlandi. Ularning boshqa avtobuslardan yana bir farqli jihati, haydovchi yordamiga muhtoj emasligida. Sinovlar Vale kantonidagi Son shahrining umumiy foydalanish yo‘llarida bo‘lib o‘tib, 2017 yil oktabr oyigacha davom etadi.
Lozanna federal politexnika maktabi boshqarayotgan loyiha maqsadi, mashinalarni boshqarish algoritmlarini takomillashtirish, yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash hamda transport vositalarini modernizatsiya qilishdir.
Elektrobuslarning eng yuqori tezligi soatiga 20 km bilan cheklangan. 11 yo‘lovchini bag‘riga sig‘dira oladigan avtobus konditsioner va nogironlar uchun maxsus joyga ham ega. Unda sayr qilganlik uchun hozircha to‘lov olinmaydi.
Elektr avtobuslarini doimiy ravishda teleoperatorlar masofadan kuzatib turishadi va lozim bo‘lib qolsa, ularni to‘xtata oladi. Bundan tashqari, avtobusning o‘zida ham transport vositasi tizimlarini kuzatib turadigan mutaxassis bo‘ladi.
Foto:Google image
Mavzuga oid
11:50 / 08.02.2025
Toshkentda elektrobus va Cobalt to‘qnashdi
08:30 / 13.01.2025
Mahalliy tadbirkorlar elektrobus, avtobus va mikroavtobuslar ishlab chiqarishni boshlaydi
20:43 / 08.12.2024
Toshkentda elektrobus va ikkita mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024