Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikaning Verakrus shtati gubernatoriga shisha idishlar bilan hujum qilindi

Meksika sharqidagi Verakrus shtatida bir necha o‘n kishidan iborat olomon, shtatning yangi saylangan gubernatori Migel Anxel Yunes va Milliy harakat partiyasi yetakchisi Rikardo Anayya bo‘lgan mashinaga shisha idishlar bilan hujum qilishdi, deb xabar qilgan Anayyaning o‘zi tvitterdagi sahifasida.
«Bizga Xaver Duarte (shtatning amaldagi rahbari) yuborgan odamlar dahshatli tahdid qilishdi. Korrupsiyaning qonuniy tus olishiga imkon bermaymiz! Bir qadam ham ortga yo‘l yo‘q!», — deyiladi Anayya xabarida.
Hodisa natijasida ikki kishi, xususan siyosatchilarning tansoqchisi ham jabrlangan.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025