Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tarmoqda Xiaomi noutbuki suratlari paydo bo‘ldi

Internet tarmog‘ining xitoy segmentida Xiaomi kompaniyasining birinchi noutbuki bo‘lishi kutilayotgan taxminiy suratlar paydo bo‘ldi. Hozircha asli tasdiqlanmayotgan suratlar techweb.com.cn portalida namoyish qilingan.
Suratdagi qurilma Apple kompaniyasining MacBook'ini eslatadi. Xitoy korporatsiyasi iPhone ishlab chiqaruvchisiga taqlid qilishi bilan mashhur.
Noutbukning texnik xususiyatlari hozircha noma'lum, ammo OAV bozorga ikkita model - 12,5 va 15,6 dyuymli modellar kelib tushishini taxmin qilgan edi. Ulardan biri Windows 10 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.
Xiaomi yangi qurilmalarini iyul oyida rasman namoyish qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
16:47 / 19.03.2025
Xiaomi jahon bozorida fotosurat san’atini yangi cho‘qqiga olib chiquvchi Xiaomi 15 seriyasini taqdim etmoqda
20:49 / 05.03.2025
Apple yangi MacBook Air noutbukini taqdim qildi
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:48 / 18.09.2024