Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyalik tennischi Stosur Olimpiada o‘yinlariga to‘rtinchi bor ketma-ket ishtirok etadigan bo‘ldi
AQSh ochiq chempionati g‘olibi avstraliyalik tennischi Samanta Stosur faoliyati davomida to‘rtinchi bor ketma-ket Rioda o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadi. Bu haqda Avstraliya milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Stosur Olimpiada o‘yinlariga ilk bor 2004 yil qatnashgan edi. U yo‘llanmani qo‘lga kiritgan ilk avstraliyalik tennischi ayol bo‘ldi. 32 yoshli tennischi yakkalik va juftlik chiqishlari bilan, Ayollar tennisi assotsiatsiyasi (WTA) ro‘yxatida 16-o‘rinda bormoqda. Juftlik bahslarida u 22 yoshli Darya Gavrilova (ro‘yxatda 56-o‘rin) bilan kortga chiqadi. Darya aslida Moskvada tug‘ilgan bo‘lib, keyinchalik Avstraliya sport fuqaroligini olgan.
Eslatib o‘tamiz, Olimpiada o‘yinlari 2016 yilning 5-21 avgust kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025