Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lyuis Hemilton Avstriya Gran-prisida g‘alaba qozondi
Avstriyaning Formula-1 bo‘yicha Gran-prisini Lyuis Hemilton yutib oldi. Poyganing so‘nggi davrasida u bilan jamoadoshi Niko Rosberg o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Natijada Rosberg mashinasining old antiqanoti uzilgan. Shu sabab, u sekinlashib, to‘rtinchi bo‘la oldi.
Avstriyalik Maks Ferstappen ikkinchi, Kimi Raykkonen uchinchi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.
Ancha vaqt yetakchilardan bo‘lib kelgan Sebastyan Fettel poyga o‘rtalariga kelib, uni tark etishga majbur bo‘ldi. Start to‘g‘ri yo‘lida uning g‘ildiragi portlab ketib, Ferrari trassa chetidagi himoya to‘sig‘iga borib urilgan.
Daniil Kvyat, Massa, Xyulkenberg, Alonso va Peres ham turli texnik sabablarga ko‘ra, poygani muddatidan avval tamomlashga majbur bo‘lishdi.
Mavzuga oid
17:22 / 25.05.2025
Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
18:51 / 06.04.2025