Tokio va Vashington AQSh qo‘shinlari maqomini ko‘rib chiqishga kelishib oldi

AQSh va Yaponiya hukumatlari, AQShning Yaponiyadagi qurolli kuchlari maqomi to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha amerikalik harbiylarning huquqiy imtiyozlarini cheklashga kelishib oldi. Bunga, amerikalik harbiylarning mahalliy qonunlarni buzishi bilan bog‘liq hodisalarning tobora ko‘payib borayotgani sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Kiodo agentligi, Yaponiya hukumatidagi manbasiga tayangan holda.
Kiodo agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh qo‘shinlari maqomiga doir yangi qoidalarni Yaponiya TIV Fumio Kisida, mudofaa vaziri Gen Nakatani va AQShning Tokiodagi elchisi Kerolayn Kennedi e'lon qiladi.
Imtiyozlardan foydalanuvchi shaxslar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqishga Yaponiya mudofaa vaziri Nakatani va uning amerikalik hamkasbi Eshton Karterning 4 iyul kuni Singapurda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida erishilgan.
Ma'lumki, Yaponiyaning Okinava orollarida AQShning mamlakatdagi jami harbiy inshootlarining 75 foizi joylashgan. 1960 yilda imzolangan kelishuvga muvofiq, Yaponiya prokuraturasi, harbiy xizmatni o‘tayotgan amerikaliklar uchun ayblov e'lon qila olmaydi.
Shunga qaramay, 19 may kuni Okinavada Kadena harbiy bazasi xodimi, yapon qizini zo‘rlab, so‘ngra o‘ldirganlikda ayblanib qo‘lga olingan edi.
Bu voqeadan bir oy o‘tgach, 19 iyun kuni Naxa shahrida ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etganlar, Amerika bazalarini Okinavadan olib chiqishni talab qilishgan.
Xabarlarga ko‘ra, AQSh fuqarolari, Okinava orollari Yaponiyaga topshirilgandan keyin, bu yerda 5,8 mingdan ortiq jinoyat sodir etgan bo‘lib, shundan 571 tasi og‘ir jinoyatlar sirasiga kiradi.
Foto:© AFP 2016/ Yoshikazu Tsuno
Mavzuga oid

15:22 / 19.04.2025
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

13:03 / 19.04.2025
Safini kengaytirib olgan HAMAS, Ukraina shaharlariga raketa hujumi va Suriyadagi bazalarini yopayotgan AQSh - kun dayjesti

11:33 / 19.04.2025
Reuters: Eron AQSh bilan yangi yadroviy kelishuv uchun kafolatlar olishni istayapti

08:35 / 19.04.2025