Sport | 10:46 / 05.07.2016
12011
2 daqiqa o‘qiladi

Islandiyalik futbolchilar jangovar hayqiriqlar ostida qahramonlar kabi kutib olindi (Video)

4 iyul kuni o‘n minglab islandlar Yevropa chempionatida qahramonlik ko‘rsatgan milliy terma jamoa futbolchilarini qarshilash uchun Reykyavik markaziga yig‘ilishdi. Ular futbolchilarni qadimiy vikinglarga xos jangovar hayqiriqlar bilan olqishlashdi.

Barabanlar sadolari ostida futbolchilar mingan avtobus shahar yo‘llaridan o‘tdi.

Xalq ularni qahramonlarni kutgandek kutib oldi.

Shundan so‘ng terma jamoa bosh murabbiyi Lars Lagerbak va ikkinchi murabbiy Xeymir Xallgrimsson, shuningdek futbolchilar sahnaga chiqib muxlislarga o‘z so‘zlarini yo‘llashdi.

Islandiya futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida ilk marta ishtirok etdi. Terma jamoa guruhda 2 durang va bir g‘alaba qayd etib, Avstriya va Portugaliya terma jamoalarini ortda qoldrgan holda pley-offga chiqdi. Nimchorak finalda esa Angliya 2:1 hisobida taslim etildi. Chorak finalda turnir mezbonlari Fransiyaga qarshi o‘ynagan islandiyaliklar 2:5 hisobida yutqazdi.

Islandiya aholisi 329 ming kishi bo‘lgan mamlakat. Bu mamlakat terma jamoasi turnir kashfiyotiga aylandi.

Foto: Reykyavik Islandiyaga Yevro-2016 chorak finalida shunday muxlislik qildi