Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General Motors «mexanik qo‘l»ning aholi uchun namunasini ishlab chiqadi
AQShning General Motors konserni va Shvetsiyaning Bioservo kompaniyasi robotlashtirilgan RoboGlove qo‘lqopining aholi uchun namunasini ishlab chiqish borasida sa'yi-harakatlarini birlashtirishga qaror qildi.
GM konserni 2012 yilda NASA bilan hamkorlikda "robot qo‘lqop"ni ishlab chiqqan edi. RoboGlove yangi rusumi avtomobil ishlab chiqaruvchisining zavodlari yoki bemorlarni reabilitatsiya qilishda foydalanish imkonini beradi.

Bioservo kompaniyasi ham o‘zining "robot qo‘lqopi"ni 2012 yilda namoyish etgandi. Mazkur loyiha SEM (Soft Extra Muscle — «yumshoq qo‘shimcha mushak») nomini olgandi. Sensorlar bilan jihozlangan qo‘lqop barmoqlarning harakatini sezib, uncha katta bo‘lmagan boshqaruv bloki yordamida u yoki bu narsani ko‘p kuch sarflamasdan ushlash imkonini beradi.
GM va NASA ham o‘z loyihasida ayni shunga o‘xshash yechimdan foydalangan. Ammo, Bioservo ishlanmasidan farqli o‘laroq, ularning mexanizatsiyalashgan qo‘lqopi birmuncha murakkabroq edi. Endilikda, avtomobil ishlab chiqaruvchisi Bioservo malakasidan RoboGloveni yumshoqroq, ixcham va arzonroq qilishda foydalanish niyatida.
Hozircha, RoboGlove ommaviy ishlab chiqarilishiga oid xabarlar mavjud emas. Ammo, General Motors konserni qo‘lqopni zavod sharoitlarida sinovdan o‘tkazishni rejalashtirgani aniq.
Mavzuga oid
17:14 / 17.05.2025
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi
01:03 / 08.05.2025
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
23:59 / 03.05.2025
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi
23:01 / 22.04.2025