Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda yo‘lbars va qoplonlarni saqlab qolish uchun milliy park ochiladi
2016 yilning oxirigacha XXRdagi janubiy Primore chegarasi yonida noyob mushuklarni saqlash va ularni o‘rganish uchun eksperimental muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar (EMTH) yaratiladi. Bu haqida RIA “Novosti” xabar qildi.
Bu masala Rossiya va Xitoy davlat rahbarlari uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘ruvchi komissiyaning transchegaraviy qo‘riqlanuvchi tabiiy hududlar va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha ishchi guruhining Vladivostokda bo‘lib o‘tgan 10-majlisida muhokama qilindi.
“XXRda davlat dasturiga muvofiq Uzoq Sharq qoploni va Sibir yo‘lbarsini saqlab qolish bo‘yicha faol ish olib borilmoqda. 2016 yilda buning uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari nihoyasiga yetkaziladi va unga ko‘ra, davlat va mintaqa darajasidagi bir necha qo‘riqxonalar bitta tuzilma – yagona milliy parkka birlashtiriladi va u “Qoplonlar hududi” ("Zemlya leoparda") bilan chegaradosh bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
“Uzoq Sharq qoplonlarining soni avvalgidek juda past...Biz yolg‘iz o‘zimiz harakat qilishimiz mumkin emas. Shu bois Xitoyda “Qoplonlar hududi” ("Zemlya leoparda")ga o‘xshash milliy parkning yaratilishi noyob hayvonlarni saqlab qolish uchun qo‘yilgan juda muhim qadam”, - deya ta'kidladi “Qoplonlar hududi” qo‘riqxonasi direktori Tatyana Baranovskaya.
Yangi park nafaqat bioxilma-xillikni saqlashga, balki ilmiy faoliyat, ekologik ta'lim va ma'rifiy turizm uchun ham xizmat qiladi. Xitoy noyob hududning yaratilishiga 13 milliard yuan (taxminan 146 milliard rubl) ajratdi.
Foto:© Flickr/ pnuk
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025