Fan-texnika | 23:01 / 08.07.2016
21425
4 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning 12ta eng ajoyib mototsikllari

Motosikllar — har doim ham faqatgina harakatlanish vositasini anglatmagan.  Bu o‘ziga xoslikni namoyish etish barobarida turli xil dizan va texnologiyalarni sinab ko‘rish imkoniyati hamdir. Shu boisdan ham, ko‘plab mohir zamonaviy dizaynerlar chin ma'noda ajoyib texnika vositalarini ishlab chiqishmoqdaki, ular bir qarashda kishiga o‘ziga xos ilhom bag‘ishlaydi. Quyida e'tiboringizga havola etiladigan 12 ta mototsikl esa, seriyali ishlab chiqarilishi bilan ham e'tiborga loyiqdir. 

1. Lotus C-01

Bu mototsikl, diqqat qilgan bo‘lsangiz, Lotus avtomobil savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan ilk mahsulotdir. Motosiklning dizayni Daniel Simonga tegishlidir. Unga 200 ot kuchiga ega V2 motori va olti diapazonli uzatmalar qutisi o‘rnatilgan. Shunga muvofiq, mototsikl soatiga 300 kmgacha tezlikda harakatlana oladi. 

2. Confederate G2 P51 Combat Fighter

Motosikllar dizaynida boshqalarga o‘xshamaslikka urinish, uning skeletini imkon qadar soddalashtirish usulini qo‘llashga olib keladi. Ushbu ikki g‘ildirakli transport vositasida hammasi ko‘zga tashlanadi, yashirin hech narsa yo‘q. 

3. ExperiMental

Bu model enduro va yo‘l mototsiklining dizaynerlik to‘plami desak xato bo‘lmaydi. Aytish mumkinki, ExperiMental go‘yoki Build-Off bayk-ko‘rgazmasida g‘olib bo‘lishi uchun ishlab chiqilgandek. Model shunchalik muvaffaqiyat qozondiki, u kichik seriyada ishlab chiqarila boshlandi. 

4. Ducati Draxter

O‘ziga xos orzu-mototsiklning yaratilishiga ikki omil sabab bo‘lgan — u ham superbayk ham yo‘l mototsikli bo‘lishi lozim edi. Draxter birinchi marta yanvar oyida Italiyaning Verona shahrida bo‘lib o‘tgan Motor Bike Expoda namoyish etildi. Shundan beri, butundunyo baykerlari un ko‘rganda hushlarini yo‘qotishadi. 

5. Teraoka Nobuyuki

Ushbu ajoyib mototsikl Yaponiyaning Ronin zavodi tomonidan Harley-Davidson Buell 1125 negizida ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, har bir mototsikl kuzoviga yapon madaniyatidan ilhomlanib chizilgan o‘ziga xos suratlar tushirilgan. 

6. Quantum Leap

Mazkur transport vositasi bekorga «Kvantli sakrash» deb nomlanmaganini namoyish tishga ulgurgan deyish mumkin. U, yo‘llarda harakatlagishdan ko‘ra ko‘proq vaqt uzra sayohat qilish uchun ishlab chiqarilgandek. 

7. Bell & Ross B-Rocket

Bell & Ross B-Rocketga ilk bor ko‘zi tushgan kishi o‘zini o‘tmishning kelajakdagi aksiga duch kelgandek bo‘lishi tabiiy. 

8. Bandit9 AVA

Ushbu mototsiklni ishlab chiqqanlar, dushman kayfiyatdagi g‘aroyib jonzotlar xususida ko‘plab suratlar chizgan rassom Giger ijodidan ilhom olganini yashirishmaydi. 

9. Gatsby

Bu ikki g‘ildirakli harakatlanish vositasi amerikalik mashhur yozuvchi Frensis Skott Fittsjyerald asarlari mahsulidir. 

10. 9/11

2012 yili amerikalik mototsikl ishlab chiqaruvchisi Paul Designs, 2001 yil 11 sentabr voqealarida qurbon bo‘lganlarning xotirasiga ushbu baykni taqdim etdi. 

11. Chicara Art 01

Yaponiyalik Chikara Nagata nafis va ezoterik mototsiklari bilan yaxshi ma'lum. Uning ijodiga mansub har bir mototsikl o‘ziga xos san'at asari va muhandislik g‘oyasining hayotdagi talqinidir. 

12. Carl Brouhard Roadster

Va nihoyat, ajoyib, to‘liq metalldan yasalgan Carl Brouhard Designsga Harley-Davidsonning 4 tsiilindrli turbodvigateli o‘rnatilgan. Motor va boshqa qismlarining futuristik joylashuvi uni haqiqiy dizayn asariga aylantiradi.