Fan-texnika | 17:12 / 08.07.2016
7065
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda avtomobilni turargohga joylashtiruvchi robot yaratildi

Yaqin kelajakda yirik mehmonxona va restoranlarning avtoturargohlarida ishlovchilar jiddiy raqobatga duch keladigan ko‘rinadi. Gap shundaki,ularning vazifasini zamonaviy joylashtirgich robotlar egallashi mumkin. Xitoyning robotexnika ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Ifen" zavodi avtomobillarni turargohga joylashtiruvchi robotni yasashga muvaffaq bo‘lgan. 

Avtomatik qurilma, operator yordamisiz mustaqil ishlay oladi. Ko‘targich platforma g‘ildiraklarga o‘rnatilgan bo‘lib, 2,5 tonnagacha avtomobilni ko‘tara oladi. U, soniyasiga 1,5 metr tezlikda harakatlanishi mumkin. 

Unga o‘rnatilgan lazerli navigatsiya tizimi atrofdagi xavf va to‘siqlarni sezish imkonini beradi. Shunga ko‘ra, robot turargohdagi bo‘sh joyni bir-ikki daqiqada topadi. Aytish joizki, ayrim haydovchilar mashinani turargohga joylashtirishda qiyinchiliklarga duch keladi, robot esa, 5 mm aniqlik bilan mashinani joylashtira oladi. 

Bundan tashqari, avtomobil egasi turargohga kirishi ham shartmas, mashinasini kiraverishda qoldirsa bas, qolganini texnikaning o‘zi bajaradi. 
Lozim bo‘lganda, mashinani egasiga tezroq olib chiqadi. Shu bilan birga, u insonlarga qaraganda 40 foizga samaraliroq ishlab, joyni ham tejay oladi. 

Ammo, hozircha bu qurilma qimmat turgani  bois, avtoturargohda uning xizmatidan foydalanish, Xitoy bozorida 7 yilda o‘zini oqlashi aytilmoqda. 

Mavzuga oid