Qozog‘iston hukumatini egallab olishga urinish bo‘yicha tergov ishlari poyoniga yetdi
Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasining xabar qilishicha, tadbirkor To‘xtar Tuleshovga nisbatan tergov jarayoni yakunlangan. U, mamlakat hokimiyatini kuch ishlatish yo‘li bilan egallab olishga uringanlikda gumon qilinayapti.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Tuleshov o‘zining g‘arazli rejasini amalga oshirish maqsadida huquq-tartibot organlari, qurolli kuchlar harbiy qismlari qo‘mondonligining sobiq va amaldagi rahbarlari orasidan tarafdorlar qidirgan.
Bundan tashqari, Tuleshov va uning gumashtalari transmilliy jinoiy jamiyatni moliyalashtirish, uyushgan jinoiy guruhni boshqarish, qotilliklar, odamlarni o‘g‘irlash va bosqinchiliklarni tashkil etishda ayblanmoqda.
Tadbirkor, 30 yanvar kuni, politsiyaning Chimkentda o‘tkazgan maxsus amaliyoti chog‘ida qo‘lga olingan edi.
Mavzuga oid
12:47
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024