Eron neft bozorida o‘z ulushining 80 foizini qaytarib oldi
Eron Islom Respublikasi ayni vaqtda 2012 yili o‘ziga nisbatan sanksiyalar joriy qilinguncha egallab turgan neft bozorining 80 foizini qaytarib olishning uddasidan chiqqan. Eron milliy neft kompaniyasi - NIOCning xalqaro aloqalar bo‘limi direktori Muhsin Gamsariy Blumbergga bergan intervyusida shu haqda ma'lum qilgan.
Shu yilning yanvar oyida Eron o‘ziga nisbatan joriy qilingan xalqaro sanksiyalarning aksariyatidan xalos bo‘lgandi.
Gamsariyning so‘zlariga ko‘ra, Eron sanksiyalar tufayli boy berilgan neft bozoridagi ulushini qaytarib olish maqsadida neft eksportini yanada kuchaytiradi. Biroq, jahon neft bozori bu yili barqarorligicha qolmoqda.
Hozirgi vaqtda, Eron kuniga 3,8 million barrel neft qazib olib, 2 mlnga yaqinini eksport qiladi. Gamsariyning o‘zlariga ko‘ra, yaqin istiqbolda bu raqam 4 mln barrelga chiqishi mumkin. Buning uchun bozordagi vaziyat bunga javob berishi kerak.
Mavzuga oid
19:45 / 22.11.2024
Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
11:53 / 22.11.2024
AQSh Rossiyaning 50 ta bankiga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
09:40 / 22.11.2024
Oktyabrda O‘zbekiston 833 mln dollarlik oltin sotdi
08:39 / 22.11.2024