Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda davlat to‘ntarishini amalga oshirmoqchi bo‘lgan tadbirkor qarzdor bo‘lgan
Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasiga ko‘ra, «Chimkentpivo» zavodi direktori To‘xtar Tuleshov, katta qarzdorlik botqog‘iga botib qolgani bois, davlat to‘ntarishini amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Bu haqda, «Interfaks» agentligi ma'muriyat matbuot xizmati vakili Ruslan Karasevga asoslangan holda xabar qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tuleshov o‘zining uyushgan jinoiy guruhini ta'minlash uchun katta mablag‘ sarflagan. To‘kin-sochin hayotni orzu qilgan Tuleshov banklar va transmilliy jinoiy jamiyatlardan ham qarz olgan. Uning qarzi, MXQ ma'lumotlariga ko‘ra, 200 mln dollardan oshadi.
«Ayni shu vaqtda, Tuleshovda hokimiyatni kuch bilan egallash istagi paydo bo‘lgan», — degan Karasev.
Pivo zavodi direktori, ma'muriy boshqaruvni qo‘lga kiritgach, bank qarzlarini qaytarish muammosini hal etishni rejalashtirgan. Buning uchun u davlat rahbari lavozimini egallashni o‘ylagan.
Mavzuga oid
21:12 / 23.05.2025
Turkiyada 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga aloqador o‘nlab harbiylar hibsga olindi
17:08 / 17.04.2025
Suriyada davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi
21:07 / 09.04.2025
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinish bostirilgani e’lon qilindi
20:59 / 06.03.2025