Fan-texnika | 14:36 / 12.07.2016
9819
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda atigi 70 dollarlik  o‘ta mustahkam  Leagoo M5 smartfonlari ishlab chiqarildi

Ko‘pchilik smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘z mahsulotlarining suv va zarbga yuqori chidamliligini namoyish etishni xush ko‘rishadi, biroq ularning orasida displeyiga bolg‘a bilan urilganda bardosh bera oladigani bormikan? Tanishing: Leagoo M5!

Xitoylik ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, Leagoo M5 butun nanometall rom bazasiga qurilgan. Ekran diagonali 5 dyuymdan iborat bo‘lib, 1280×720 pikselni tashkil qiladi. Ma'lumotlarni qayta ishlashga «Mediatek MT6580» (1.3 GGts) to‘rt yadroli protsessori javob beradi, grafika bilan ishlashni esa Mali-400 MP kontrolleri o‘z zimmasiga oladi. 

Qurilmaning operativ xotirasi 2 Gb, doimiy xotirasi - 16 Gb; akkumulyator esa 2300 mAch. Bundan tashqari 8 Mp'li kamera va qurilmaning orqa tomonida joylashgan barmoq izlari tushiriladigan skanerga ham uskunadan joy topilgan. 

Leagoo M5 qurilmasida LTE-tarmoqda ishlovchi ikkita SIM-kartani qo‘llash mumkin. Mazkur qurilmaning eng jalb qiladigan tomonlaridan biri uning o‘ta past bahosidir. Afsonaviy «Nokia 3310»ning avlodi (zarbbardoshligiga ko‘ra) atigi 70 dollarga tushadi.