Light | 09:25 / 12.07.2016
16119
3 daqiqa o‘qiladi

Rahbar xonimlar: XX – XXI asr jahon siyosatidagi eng obro‘li ayol-siyosatchilar

Buyuk Britaniyada yangi "temir xonim" paydo bo‘lishi arafasida XX – XXI asr jahon siyosatida eng katta nufuzga ega bo‘lgan ayollar ro‘yxati tuzib chiqildi. 

1. Golda Meir (1898 – 1978)

Isroil siyosat va davlat arbobi. Isroilning birinchi ayol bosh vaziri (1969-1974). 

2. Indira Gandi (1917 - 1984)

Hindiston siyosat va davlat arbobi, mamlakatning birinchi ayol bosh vaziri (1966-1977, 1980-1984).

3. Benazir Bxutto (1953 - 2007)

Pokiston siyosat va davlat arbobi. Pokistonning birinchi ayol bosh vaziri (1988-1990, 1993-1996). Insoniyat tarixidagi asosan musulmon aholidan iborat mamlakatning birinchi ayol rahbari.

4. Margaret Tetcher (1925 – 2013)

Britaniya siyosat va davlat arbobi. Yevropa mamlakatlari tarixida va hozirda Buyuk Britaniya tarixida birinchi va yagona ayol bosh vazir (1979-1990).  U o‘zining siyosiy ishlari orqali "Temir xonim" nomini olgan.

5. Isabel Peron (1931 yilda tug‘ilgan)

Birinchi ayol-prezident. U Argentinani 1974-1976 yillarda turmush o‘rtog‘i Xuan Peronning vafotidan so‘ng boshqarib kelgan. 

6. Madlen Olbrayt (1937 yil tug‘ilgan)

Amerikalik siyosatchi va davlat arbobi. Davlat kotibasi lavozimida ishlagan birinchi ayol (1997—2001).

7. Elen Jonson-Serlif (1938 yilda tug‘ilgan)

Liberiya davlat arbobi. Liberiya prezidenti (2006-h.k.). Nobel mukofoti sovrindori. Afrika davlatlaridagi birinchi ayol prezident.

8. Mishel Bachelet (1951 yilda tug‘ilgan)

Chili siyosat va davlat arbobi. Chili Respublikasi prezidenti (2006-2010, 2014-h.k.). Mamlakat tarixida prezidentlik lavozimida o‘tirgan birinchi ayol.

9. Angela Merkel (1954 yilda tug‘ilgan)

Nemis siyosatchisi va davlat arbobi. Nasroniy-demokratik ittifoq raisi (2000-h.k.), Germaniya federal kansleri (2005-h.k.). 

10. Hillari Klinton (1947 yili tug‘ilgan)

Amerika siyosat va davlat arbobi. Nyu-York shtatining senatori (2001-2009), AQSh davlat kotibasi (2009-2013). AQShning 42-prezidenti Bill Klintonning rafiqasi.  Amerikaning birinchi ayol davlat rahbariga aylaniishi mumkin.

Manba: xabardor.uz