Bir qishloqda 39 juft egizak
Xitoyning kichik qishlog‘ida 39 juft egizak yashaydi. Mashable nashrining ma'lum qilishicha, mazkur qishloq Tszyantszin deb nomlanadi.
“Egizaklar qishlog‘i”da atigi 367 ta xonadon bor. Bu yerdagi eng yoshi ulug‘ egizaklar hozir 89 yoshda, eng kichiklari esa – 9 oylik.
Tszyantszin qishlog‘ida “egizaklar fenomeni” nafaqat odamlar orasida, balki tovuqlar orasida ham tarqalgan – ular muntazam ravishda sarig‘i ikkita bo‘lgan tuxum qo‘yishadi.
Mahalliy aholi nima sababdan bu yerda egizaklar shunchalik ko‘pligini bilmaydi. Shifokorlarning fikricha, bu ayollarning hozirda unumdorlik muolajalari va dori vositalariga oson chiqa olishi bilan bog‘liq.
Xitoy madaniyatida egizaklar baxt va omad timsoli hisoblanadi, ayniqsa, egizaklar juftligi o‘g‘il va qiz boladan iborat bo‘lsa.