Jamiyat | 09:46 / 13.07.2016
17055
2 daqiqa o‘qiladi

Kun hikmati: FARZAND TARBIYaSI

Afsuski, jahonda xiradmandlarning
Farzandlari boru emas xiradmand.
Otada odobu bilim bo‘lsa ham
Undan nasibasiz qolibdur farzand.

Odamzot naslining, nomining boqiyligi mezonlaridan biri uning zurriyotlaridir. Farzand tarbiyasiga e'tibor har damda, har qadamda bo‘lishi zarurligi haq. Hayotda obro‘li, ehtiromli insonlar bo‘ladiyu, lekin ularning ayrim farzandlari oqibatsiz bo‘lib voyaga yetadi. Bolaligidan uning tarbiyasiga e'tibori sust bo‘lgan otaning boshiga kulfatlar yog‘ilishi aniq. Shunday ekan, oila, mahalla qolaversa vatan istiqboli har tomonlama tarbiya ko‘rgan va ta'lim olgan farzandlar bilan ekanini e'tibordan soqit qilish o‘rinsizdir. Ish-tashvish, bozor-o‘char, tirikchilik tashvishi, ro‘zg‘or yumushlari bilan band bo‘lib farzandning ta'lim va tarbiyasi bir yoqda qolib ketsa ertaga oila nadomati va fig‘oni ko‘kka chiqadi. Rudakiy ruboiysida ana shu haqda qayg‘uriladi.
 

Mavzuga oid