Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik xaker AQShga tegishli harbiy hujjatlarni o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi
XXR fuqarosi Amerika hukumati tomonidan bir qator kompaniyalar hujjatlariga xakerlik hujumini uyushtirganlikda ayblanib, 3 yilu 10 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Los-Anjyeles sudi (Kaliforniya shtati) mazkur ish bo‘yicha shunday qaror chiqardi. Bu haqida TASS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 51 yoshli Syu Bin XXR hukumati bilan bog‘liq xakerlik guruhi tarkibida bo‘lib, bir necha yil davomida Amerikaning aviakosmik va harbiy texnikasini ishlab chiqaruvchi Boeing kompaniyasi hamda Pentagonning boshqa bir qator pudratchilarining elektron tarmoqlarini buzib kirish tizimini ishlab chiqishda qatnashgan. Unga qamoq jazosidan tashqari 10 ming dollar jarima puli ham belgilandi.
"AQShga tegishli maxfiy harbiy ma'lumotlarini noqonuniy o‘g‘irlash maqsadida Xitoy xalq ozodlik armiyasining VVS xizmati xakerlari bilan til biriktirgan Syu Binga belgilangan jazo adolatli, deb bilaman", - dedi AQShning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha bosh prokuror o‘rinbosari Jon Karlin. Uning so‘zlariga ko‘ra, xakerlar ma'lumotlar bilan bir qatorda qandaydir "eng yangi ko‘rinishdagi harbiy havo kemasi"ning chizmalarini ham o‘g‘irlamoqchi bo‘lishgan.
Teglar: XXR, AQSh, hujjat, xaker, o‘g‘irlik
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025