Iqtisodiyot | 12:04 / 14.07.2016
17452
3 daqiqa o‘qiladi

Mbank orqali to‘lovlarni endi Telegramdagi BOT yordamida ham amalga oshirish mumkin bo‘ldi

Foto: Mbank

Mbank yanada rivojlanmoqda va zamon bilan hamnafas holda Telegram BOT — @MbankUzBot’ni taqdim etdi. Endilikda, ushbu onlayn to‘lov xizmatining foydalanuvchilari o‘z hisoblarini Telegram ilovasi orqali ham to‘ldirishlari mumkin bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, BOT bu — robotning internetdagi ko‘rinishi. U intellektual qobiliyatga ega bo‘lib, insonlar uchun biror yumushni bajarib bera olish imkoniyatiga ega hisobanadi.

@MbankUzBot ham xuddi shunday qobiliyatlarga ega. Masalan, u sizga telefon aloqasi, internet, televideniye, kommunal xizmatlar, saytlar, sug‘urta va soliqlar uchun to‘lov turlarini tavsiya qiladi.

Uning yordamida ushbu xizmatlar uchun to‘lovlar to‘lashimiz, hisobimizni to‘ldirishimiz mumkin.

Bu BOTdan foydalanish uchun sizda Telegram messenjeriga a'zo bo‘lishingiz kerak. Shundan so‘ng, https://telegram.me/mbankuzbot/ manzili orqali o‘tasiz va o‘zingizga qulay — o‘zbek yoki rus tilidan birini tanlaysiz.

BOTning ro‘yxatdan o‘tish qismida mavjud Mbank ID kiritishingiz so‘raladi. Agar siz avval Mbank tizimida ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz yoki IDni unutgan bo‘lsangiz, https://my.oplata.uz/registration/ manzili orqali Mbank ID olish imkoniyati tavsiya qilinadi. 

Mbank ID kiritilgandan so‘ng, to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi. Bunda Mbank va Oplata.uz mijozlari BOTdan birdek foydalanishlari mumkin.

@MbankUzBOt hozircha sinov versiyada ishlamoqda. Keyinchalik unda boshqa to‘lov usullari va yangi imkoniyatlar qo‘shilishi rejalashtirilgan.

Mbank — tez, qulay va xavfsiz, endi esa Sizga yana bir qadam yaqinroq. @MbankUzBot esa har doim yoningizda bo‘ladigan ishonchli yordamchi.

Ma'lumotlar uchun telefon: +998(71) 200-7-200
Veb-sayt: mbank.uz

Telegram BOT: https://telegram.me/mbankuzbot/ 

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid