Moskvadagi kuchli momaqaldiroq odamlar nigohida
13 iyul kuni kechqurun Moskvada kuchli momaqaldiroq sodir bo‘ldi. Shaharning favqulodda vaziyatlar vazirligi derazalarni yopish, avtomobillarni daraxtlar yaqiniga qo‘ymaslik, reklama shitlari va eski qurilishlarni chetlab o‘tishni, shuningdek shahar bo‘ylab sayohat qilmay turishni va yomg‘irdan yerosti o‘tish joylarida yashirinmaslikni tavsiya qilishdi. Momaqaldiroq va yomg‘irli ob-havo 14 iyulda ham davom etishi mumkin.
Rossiya poytaxtidagi kutilmagan ob-havo natijasida 7 kishi jabrlandi, 300 tadan ortiq daraxt quladi.
Sel kelishi oqibatida ba'zi magistrallarda harakat to‘xtab qoldi.
Moskvalik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu hodisaga doir yuzlab rasmlar va izohlar keltirishdi. Anchadan beri kuzatilmagan bunday yoz havosi aholi o‘rtasida katta muhokamaga sabab bo‘ldi.
"Hayotda hech shunaqasini ko‘rganmisiz? Moskva haddidan oshdi, shekilli" deb yozadi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri. "Dovul - naqadar chiroyli! Kuchli shiddatli shamol va yomg‘ir! Volokardin ichib o‘tiring va ehtiyot bo‘ling" deya fikr bildiradi yana biri.
Ko‘plab izohlovchilar momaqaldiroq tufayli dushmanlarini chaqmoq bilan urishga qodir pokemonlarni yodga olib, hazil-huzul qilishdi.
Poytaxt aholisi momaqaldiroq paytida elektr bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelayotganidan shikoyat qilishdi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Mavzuga oid

13:00 / 07.04.2025
Hafta o‘rtasida ayrim hududlarda yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

17:26 / 04.04.2025
Uzbekistan Airways Moskvadagi «Vnukovo» aeroportidan parvoz qiluvchi yo‘lovchilarni ogohlantirdi

09:41 / 04.04.2025
Moskva milliarderlar soni bo‘yicha dunyoning ikkinchi shahriga aylandi

11:42 / 31.03.2025