Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ortiqcha vaznga ega erkaklarda to‘ladan kelgan ayollarga nisbatan o‘lim xavfi ko‘proq bo‘lishi aniqlandi
Turli mamlakatlar olimlaridan iborat guruh butun dunyo bo‘ylab 189 ta tadqiqot ma'lumotlarini to‘plab, o‘rganib chiqishdi. Ularda umumiy hisobda taxminan 4 million kishi ishtirok etgan.
Olimlarning xulosasi Lancet tibbiy jurnalida chop etildi. Unga ko‘ra, semizlik Yevropa va Shimoliy Amerikadagi erta o‘lim holatlarining asosiy sabablari ro‘yxatida chekishdan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi.
"Bugungi kunda Yevropadagi har bir yettinchi va Shimoliy Amerikadagi har bir beshinchi erta o‘lim holati ortiqcha vazn va semizlik bilan bog‘liq", - deydi tadqiqotchilardan biri professor Richard Peto.
Semizlikdan aziyat chekuvchi kishilar me'yoriy vaznga ega kishilardan uch yil avval hayotdan ko‘z yumishadi; jiddiy holatlarda esa hayot davomiyligi 10 yilga qisqarishi mumkin.
Dunyo aholisining 30 foizi ortiqcha vazndan yoki semizlikdan azob chekadi: bu 2,1 milliard kishi, demakdir.
McKinsey Global instituti ma'lumotlariga ko‘ra, semizlik yiliga 1,3 trillion dollar yoki butuni dunyo mamlakatlari YaIMning 2,8 foizini "yeydi".
Mavzuga oid
13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
18:43 / 08.05.2025
Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi
21:26 / 08.04.2025
Olimlar ifloslangan havo keksalar miyasiga zarar yetkazishini aniqladi
08:02 / 05.04.2025