AQShning Nevada shtatida noma'lum erkak turar joy binosi oldida avtomobilni portlatdi

Foto: @Bleblancphoto
AQShning Nevada shtatidagi Panaka shaharchasida noma'lum erkak turar joy binosi oldiga qo‘yilgan avtomobildagi portlovchi qurilmani harakatga keltirdi. Avtomobil ichida bo‘lgan jinoyatchi voqea joyida halok bo‘lgan, voqea yaqinida bo‘lgan 6 yoshli bolakay jarohat olgan. Bu haqda 14 iyulda Linkoln okrugi sherifi Kerri Li ma'lum qildi.
Sherif ma'lumotlariga ko‘ra, erkak avtomobilni 5 kishi yashagan uy oldida to‘xtatgan va shundan keyin portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. Oqibatda uning o‘zi voqea joyida halok bo‘lgan. Mashina portlagan vaqtda uning yonidan velosipedda o‘tib ketayotgan 6 yoshli bolaga shikast yetgan. U shifoxonaga yetkazilgan. Ta'kidlanishicha, uning hayoti xavf ostida emas.
"Uyda odamlar bo‘lgan, biroq portlash oldidan ular uydan chiqib ketgan bo‘lganlar", deb aytdi sherif. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, uyning bevosita ichida yana bitta portlash yuz bergan, hozircha uning kelib chiqishi noma'lum. Birinchi portlash oqibatida mashina bo‘laklanib ketgan, portlash joyida katta o‘yiq hosil bo‘lgan, uy va elektr uzatish liniyasiga shikast yetgan.
Erkakni jinoyatga undagan sabablar hali o‘rnatilmagan. "Halok bo‘lgan erkak bizning gumonlanuvchi bo‘lsa kerak. Biz uning shaxsini aniqlab, u nima uchun buni amalga oshirganini aniqlashga harakat qilib ko‘ramiz", deb ta'kidlab o‘tdi sherif.
Huquq-tartibot muassasalari fikricha, gap terakt haqida ketmayapti. Ko‘rinishicha, jinoyatchi uyda yashaydigan oilaga shikast yetkazmoqchi bo‘lgan. Voqea tergov qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Mavzuga oid

17:36
Tarif urushlarida g‘oliblar bo‘lmaydi – Si Jinping

16:53
Vashingtonda bortida kongressmenlar bo‘lgan ikki samolyot to‘qnashib ketdi

11:51
YeK rahbari: AQSh bilan muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, bigtex zarar ko‘radi

09:44