Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga HHK sobiq qo‘mondoni rahbarlik qilgani ehtimol
Turkiya Harbiy Havo kuchlari sobiq qo‘mondoni Oqin O‘zturk, harbiy davlat to‘ntarishining yetakchisi bo‘lgani taxmin qilinmoqda, deb xabar qilmoqda DHA agentligi harbiy manbalariga asoslangan holda.
O‘zturk 2013-2015-yillarda mamlakat HHKlariga qo‘mondonlik qilgandi. U, 2016-yil 30-avgustida iste'foga chiqishi lozim edi. Agentlikning yozishicha, u ishdan bo‘shagach, harbiy kengashda muhokama etilishi kutilayotgandi. Kengashda, uning muxolifatdagi Fathulloh Gulenga aloqasi ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Balki, shu boisdan O‘zturk davlat to‘ntarishi tashkil etishga uringan bo‘lishi mumkin.
HHKlarining sobiq qo‘mondoni avval ham harbiy davlat to‘ntarishini uyushtirishda gumon qilingan, bir yildan beri unga nisbatan surishtiruv ishlari olib borilayotgan edi.
Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an harbiy isyonda Gulen tarafdorlarini ayblab chiqqan bo‘lsa-da, Gulenning o‘zi davlat to‘ntarishini qoralab bayonot berdi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025