Jahon | 09:32 / 18.07.2016
6377
1 daqiqa o‘qiladi

Asiana Airlines’ning minglab mijozlariga tegishli shaxsiy ma'lumotlar tarmoqda tarqalib ketdi

Foto: EPA

Janubiy Koreyaning Asiana Airlines kompaniyasining kamida bir necha ming mijoziga tegishli shaxsiy ma'lumotlar internet tarmog‘ida keng tarqalib ketdi. Bundan tashqari xakerlar tashuvchining hamkor kompaniyalari bo‘lmish Lufthansa, Singapore Airlines va boshqalarning mijozlariga taalluqli shaxsiy ma'lumotlarga ham buzib kirishgan. Bu haqida The Korea Times ma'lum qildi

“Yo‘lovchilarning pasportlari skanerlari, ularning uy manzillari va telefon raqamlari, ijtimoiy sug‘urta raqamlari, bank hisob raqamlari va yaqin qarindoshlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar butun dunyo internet tarmog‘iga tarqatilgan”, - deb yozadi gazeta. 

Manbaga ko‘ra, so‘nggi ikki yil ichida kompaniya xizmatidan foydalangan kamida 45 ming janubiy koreyalik va xorijlik yo‘lovchi xakerlar qurboniga aylangan.

Mavzuga oid