Jahon | 07:08 / 18.07.2016
11692
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda daryo dambani yorib o‘tdi, 8 ming kishi evakuatsiya qilindi

Foto: Google

Markaziy Xitoyning Xubey viloyatidagi Xuanmey uyezdida kuchli yomg‘irlar oqibatida daryo dambani yorib o‘tdi. "Sina" axborot portali ma'lum qilishicha, mahalliy hokimiyatga suv ostida qolishi mumkin bo‘lgan hududlardan 8 mingdan ko‘proq odamni evakuatsiya qilishiga to‘g‘ri keldi.

Ayni vaqtda dambaning vayron bo‘lgan qismining eni 70 metrgacha kengaydi, suv kelishda davom etmoqda. Hozircha voqeaning qolgan tafsilotlari yo‘q.

Iyun oxiridan beri Xitoyning turli hududlarida kuchli yomg‘irlar davom etmoqda. Kuchli yog‘ingarchilik toshqinlar, ko‘chki va sellar keltirib chiqardi. Ayniqsa og‘ir vaziyat Yantszi daryosi havzasidagi bir qator hududlarda yuzaga keldi. Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofatlardan umumiy hisobda mamlakatning 1,5 mingdan ko‘proq uyezdi jabr ko‘rdi.   

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 237 kishi halok bo‘lgan, yana 93 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda. 

Mavzuga oid