Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple kuz oylarida biryo‘la uchta yangi iPhone taqdimotini o‘tkazishi mumkin
Apple kompaniyasi kuzda uch xil iPhone 7 qurilmasini taqdim qiladi. Bu haqida Nowhereelse.fr sayti ma'lum qildi. Tasvirlarda uch xil - “oddiy” iPhone 7 modeli, “yiriklashtirilgan” iPhone 7 Plus va “professional” iPhone 7 Pro modellari aks etgan.
Avval hech qanday ma'lumot bo‘lmagan rro-versiya eng zamonaviy “ayfon” bo‘lib, u qolgan ikki qurilmadan qimmatroq bo‘lishi ma'lum qilingan. Suratlarga qaraganda u va 5,5 dyuymli fablet bir xil hajmga ega. Ular o‘rtasidagi asosiy tafovut - ikki obektivli Pro kamerada bo‘ladi.
Bundan tashqari iPhone 7 Pro qurilmasining orqa qopqog‘ida klaviatura muqovasini yoqish uchun iPad Pro planshetida qo‘llanadigan smart-konnektori ko‘rinib turibdi.
So‘nggi S-seriya relizi o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan edi, shu bois kuzda “harfsiz” modellar anonsi kutilmoqda.
Mavzuga oid
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
09:03 / 21.04.2025