Jahon | 17:53 / 19.07.2016
30587
4 daqiqa o‘qiladi

Internetdagi eng xavfli besh nafar shaxs

Internet o‘zining avvalgidek xavfsizligini yo‘qotib bo‘ldi. Unda g‘uj-g‘uj viruslardan tashqari, o‘ta xavfli personajlarni ham uchratish mumkinki, bu kishini rostmanasiga tashvishlantiradi. O‘z-o‘zidan ma'lumki bu kabi shaxslar oddiy foydalanuvchilarni mutlaqo qiziqtirmaydi. Ammo ularning ismini bilib qo‘ygan yaxshi. Bu shaxsiy xavfsizlik nuqtai nazaridan bo‘lmasa ham shunchaki bilib olish uchun kerak bo‘ladi.

Kim Chen In

“Intervyu” filmining chiqishi Shimoliy Koreya yetakchisining jahlini juda chiqardi. Sony kompaniyasi ushbu filmni tarmoqqa joylashtirishda nafaqat Shimoliy Koreya tahdidiga, balki haqiqiy qiyinchiliklarga ham uchradi. Kim Chen Inning maxsus mutaxassislari kompaniyaning yuqori serveriga yashin tezligida va juda ham muvaffaqiyatli tarzda hujum qilishdi. Bu G‘arb dunyosi uchun kutilmagan zarba edi, chunki ular shimoliy korealiklar hamon o‘tgan asrda chiqqan kompyuterlardan foydalanishadi, deb o‘ylashardi. Hozir esa barchaga bir narsa ma'lum bo‘ldi: Kim Chen Inda yadro arsenalidan tashqari, xalqaro o‘rgimchak turida ishlovchi juda-juda kuchli mutaxassislar bor. 

Kodi Uilson

3-D printerlari chiqqaniga uncha ko‘p bo‘lmadi, ammo bugungi kunga kelib ular ancha ommalashdi. Mazkur texnologiyaning taraqqiy etishi ist'yemolchilikning yangi erasini boshlab bersa ajab emas. Ushbu tizim orqali Liberator to‘pponchasini ixtiro qilgan Kodi Uilson internetda anchayin muhokamalarga sabab bo‘ldi. U yaratgan ixtiro tufayli 3-D printeri bo‘lgan har qaysi kishi o‘zi uchun qurol yasab olaveradi. Bu narsa Uilsonni xavfli odam sifatida ko‘rsatadimi? Bo‘lmasam-chi... 

Edvard Snouden

Edvard Snouden — davlat nuqtai nazaridan qaraganda yoki qahramon yoki manyak. U tomonidan internetda e'lon qilingan maxfiy hujjatlar relizi bu yigitga qochoqlik tamg‘asini bosdi. Aksari odamlar uning xatti-harakatlari kontrterror operatsiyalarida ishtirok etayotganlarning hayotini xavf ostiga qo‘yadi, deb baholaydi. Bu fikrlar qaysidir ma'noda to‘g‘ri. Boshqa tomondan esa Snouden ma'lumotlarni tarqatish huquqiga ham ega. Mana shularning barchasi dasturchini tarmoqdagi xavfli odamlar ro‘yxatiga kiritadi.

Amir Taaki

Amir Taakining harakatlari Snoudenning aksini anglatadi. Yosh dasturchi Silk Road saytining anologi bo‘lmish Darkmarket deb nomlangan saytni ishga tushirdi. Bu yerda istagan odam istagan narsasini sotishi, sotib olishi mumkin. Bu narsalarga qonuniy mahsulotlardan tashqari, qurol-yarog‘ va giyohvand moddalarigacha kiradi. Taaki guruhi bo‘lmish Dark Wallet’ning asosiy maqsadi bitkoinlarning ommalashuvi bilan bog‘liq. Ular butun dunyo iqtisodiyotini markazlashtirishni maqsad qilib olishgan. Dasturchi uning bu ishi xavfdan yiroq emasligini aytadi, ammo insonlarga har qanaqa muammoni hal etishda yordam berajagini ham e'tirof etadi.

Verto

Politsiya tomonidan yopilgan Silk Road va Silk Road 2 ular kutgan natijani bermadi. Chunki odamlardagi nazorat qilib bo‘lmas, sotib olishga bo‘lgan istagi ularni internet qora burchaklari tomon sudray boshladi. Verto ana shunday qora bozorlarga asos soldi. Ayni damda uning Evolution forumida 22 mingta noqonuniy mahsulotni uchratish mumkin.