Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Gulenni ekstraditsiya qilish bo‘yicha AQShga rasmiy so‘rov jo‘natdi
Rasmiy Anqara davlat to‘ntarishiga urinish tashkilotchiligida ayblanayotgan Fathulloh Gulenni topshirishini so‘rab AQShga rasmiy so‘rov yuborgan. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim ma'lum qildi.
"Biz AQShga terrorchining (Gulen - tahr.) topshirilishi masalasida murojaat qildik va rasmiy so‘rov bilan murojaat qildik. Adliya vazirligi 4 papkadan iborat hujjatni AQShga yuborgan", degan Yildirim
Turkiyada harbiylar davlat to‘ntarishi e'lon qilganidan keyin prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an harbiy to‘ntarishning g‘oyaviy rahbari va tashkilotchisi sifatida aynan Gulenni aytgandi.
O‘z navbatida, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Anqaradan buning dalillarini talab qildi.
Sobiq imomning o‘zi esa unga qo‘yilayotgan barcha ayblovlarni rad etgan va aksilkonstitutsiyaviy to‘ntarishni qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025